date

O‘zbekiston Senati giyohvand moddalar bilan bog‘liq jazolarni kuchaytirdi

O‘zbekiston Senati giyohvand moddalar bilan bog‘liq jazolarni kuchaytirdi

Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilgan qonun muhokama qilindi. Yangi O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va millat genofondini asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, endilikda “g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya” tashkil etganlik va uning faoliyatini taʼminlaganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, giyohvandlik vositalarini Internet tarmog‘i orqali tarqatish va targ‘ib qilish og‘irlashtiruvchi holat sifatida qonunchilikka kiritilmoqda.

Yoshlarni ushbu illatdan himoya qilish maqsadida taʼlim muassasalari, oromgohlar va yotoqxonalarga tutash hududlarda sodir etilgan narkojinoyatlar uchun jazo choralari yanada kuchaytirilmoqda. O‘ta og‘ir turdagi narkojinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish tartibi qo‘llanilmaydi.

Senat aʼzolarining fikricha, ushbu qonun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga hamda “narkotiklardan xoli muhit” yaratishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida senatorlar qonunni maʼqulladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Senati giyohvand moddalar bilan bog‘liq jazolarni kuchaytirdi