date

O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Bokuda uchrashdi

O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Bokuda uchrashdi

Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Tomonlar O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Suhbat davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalarida kooperatsiya dasturlarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, gumanitar hamkorlikni kengaytirish, xususan, rektorlarning birinchi forumini hamda kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi. Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilaravaa

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Bokuda uchrashdi