Makkayi mukarramadagi "Masjid al-Harom" bosh imomi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Makkayi mukarramadagi "Masjid al-Harom" bosh imomi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Makkayi mukarramadagi “Masjid al-Harom” masjidi bosh imomi, taniqli ulamo Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

U yurtimizda o‘tkazilayotgan Birinchi xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida ishtirok etmoqda. Mazkur forum islom ilm-fani, madaniyati, ma’rifati va sivilizatsiya rivojidagi tarixiy merosni keng targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shayx Solih bin Abdulloh bin Humaydning ushbu nufuzli anjumanda qatnashishi forumning xalqaro darajadagi mavqeini yanada oshiradi. Tashrif davomida diniy-ma’rifiy hamkorlik, islom sivilizatsiyasining boy merosi va bugungi globallashuv davrida ma’naviy qadriyatlarni asrash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bu tashrif O‘zbekistonning islom olamidagi ilmiy va madaniy aloqalari mustahkamlanayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar