Tilla soxtami yoki haqiqiy? Endi buni telefon aytib beradi

Tilla soxtami yoki haqiqiy? Endi buni telefon aytib beradi

O‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun majburiy raqamli markirovka tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Yangi tartib orqali xaridorlar tilla, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlarning qayerda ishlab chiqarilgani, qaysi davlatdan kelgani va sotuvgacha qanday yo‘l bosib o‘tganini tekshirishi mumkin bo‘ladi.

Bu tizim qalbaki mahsulotlar, noqonuniy savdo va kontrabandaga qarshi kurashishga xizmat qiladi. Dastlab markirovka sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. 2027 yil 30 dekabrgacha ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tizimda ixtiyoriy qatnashadi.

2028 yil 1 iyulgacha majburiy markirovkaning yakuniy tartibi ishlab chiqiladi. 2029 yil 1 yanvardan u ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun, 1 apreldan esa sotuvchilar uchun majburiy bo‘ladi.

Xaridorlar “Asl belgisi” mobil ilovasi orqali zargarlik buyumining asl yoki soxta ekanini tekshirishi mumkin bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar