6,90 kilogramm! Farg‘onada gigant chaqaloq dunyoga keldi

Farg‘ona viloyatidagi tug‘ruq komplekslaridan birida vazni 6,90 kilogramm bo‘lgan gigant chaqaloq dunyoga keldi. Noyob holat shifokorlar va yaqinlari uchun ham kutilmagan voqeaga aylandi. Chaqaloq kesar kesish amaliyoti orqali sog‘-omon dunyoga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, chaqaloqning onasi Mavluda Xo‘jayeva uchun bu to‘rtinchi farzand hisoblanadi. Uning bunga qadar uch nafar qiz farzandi dunyoga kelgan bo‘lib, ularning vazni tug‘ilgan paytda 3 kilogramm, 3,5 kilogramm va 4,8 kilogrammni tashkil etgan.
Onaning so‘zlariga ko‘ra, bu safar chaqaloqning bunchalik katta vaznda tug‘ilishini hech kim kutmagan.
«Ikki nafar katta qizim 3 kilogramm va 3 kilogrammu 450 gramm vaznda tug‘ilgan edi. Kenja qizim esa 4 kilogrammu 800 gramm bo‘lgan. Bu farzandim esa yanada katta tug‘ildi. Rostini aytsam, shuncha vaznli chaqaloq dunyoga keladi, deb o‘ylamagan edik. Hozircha ismini nima qo‘yish haqida o‘ylayapmiz. Bu borada otasi bilan maslahatlashib, bir qarorga kelamiz», — deydi ona.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, chaqaloqning sog‘lig‘i yaxshi, ahvoli barqaror. Ona va bola doimiy tibbiy nazorat ostida bo‘lib turibdi. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, agar barchasi reja asosida davom etsa, ular 4–5 kun ichida uyiga javob berilishi mumkin.






























Izohlar 0
…