08:37 / 10.07.2021
3 006

O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqning pasayishi davom etadi


10 iyulda kunduz kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqning asta-sekin pasayishi davom etadi. Havo harorati me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati 32-37°, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 28-33°, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 35-40° atrofida bo‘ladi.

Havo massalarining o‘zgarishi hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli buron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqning pasayishi davom etadi