13:13 / 31.05.2018
5 352

O‘zbekistonda chekuvchilarning yarmi bevaqt o‘lim xavfiga duchor bo‘lmoqda

O‘zbekistonda chekuvchilarning yarmi bevaqt o‘lim xavfiga duchor bo‘lmoqda
O‘zbekistonda 2,88 million chekuvchilarning yarmi — 1,44 milliondan ortig‘i kashandalik tufayli bevaqt o‘lim xavfiga duchor bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens ma’lum qildi, deb yozadi “Daryo”. Hisob-kitob tadqiqotlar chog‘ida aniqlangan nisbiy xavf darajalariga asoslangan.

Tamakiga qarshi faol chora-tadbirlar yo‘qligi sababli, ushbu raqam ortishi mumkin, deyildi Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSST vakolatxonasi tomonidan 31 may — Xalqaro tamakisiz kun arafasida tashkil qilingan idoralararo yig‘ilishda.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilgacha barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasiga to‘rtta muhim maqsad kiritilgan: to‘rtta asosiy yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tufayli bevaqt o‘lim darajasini uchdan birga pasaytirish, tamaki iste’molini 10 foizga kamaytirish, 100 foiz jamoat joylarida tamakisiz muhitga to‘liq rioya qilinishiga erishish hamda JSSTning tamakiga qarshi kurash bo‘yicha doiraviy konvensiyasini samarali joriy etish.
JSST mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu konvensiya tamoyillariga muvofiq tamakiga qarshi choralar amalga oshirilsa, mamlakatda 15 yil mobaynida chekish sigareta uchun aksiz solig‘ini 75 foizgacha oshirish hisobidan 31,6 foizga; chekishni taqiqlash haqidagi qonunlarni qabul qilish va ularga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qat’iyroq choralar ko‘rish hisobidan — 11,6 foizga; tamakiga qarshi ijtimoiy reklama intensivligini oshirish hisobidan — 7,5 foizga qisqarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda chekuvchilarning yarmi bevaqt o‘lim xavfiga duchor bo‘lmoqda