18:08 / 18.06.2022
1 255

Komil Allamjonov: “Tonirovka tekin bo‘lishi kerak”

Komil Allamjonov: “Tonirovka tekin bo‘lishi kerak”
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov O‘zbekistonda oxirgi vaqtlarda yoz haddan ziyod issiq bo‘layotgani, shu sabab avtomobillar oynasini qoraytirishni bepul qilish kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, “bu ham aslida inson qadrining bir ko‘rinishi”.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Telegram'dagi kanalida avtomobillar oynasini bepul qoraytirishga ruxsat berish kerakligi haqida post qoldirdi.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq bo‘lyapti. Bulutli issiq kunlarda esa bosh og‘rig‘iga chidab bo‘lmaydi. Qurg‘oqchilik kuchayib, bundan buyog‘iga yanada issiq bo‘lsa kerak.

Shu paytda agar mashina tonirovkasi bepul qilinsa, bundan hamma haydovchilar, yo‘lovchilar minnatdor bo‘lar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir ko‘rinishi, odamlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik namunasiga aylanar edi deyeeyebbbbbb o‘ylaaaaabbb o‘tiruvdim tirband yo‘lda, orqamdan bir mashina signal chalib cho‘chitib yubordi.


P.S. Tonirovka tekin bo‘lishi kerak!!!” – deya yozdi Allamjonov.

U o‘z postini #yaxshiniyatyarimtonirovka degan heshteg bilan yakunlagan.

Kuni kecha Kun.uz bloger Shavkat Hasanning videomurojaati haqida yozgan edi. U mashinasining orqa yon oynalariga yopishtirilgan “tonirovka” muddati 1 hafta oldin tugaganini YPX xodimi to‘xtatganida bilgan, shundan so‘ng 7,5 mln so‘mlik jarima miqdori oynani qasddan noqonuniy qoraytirgan fuqarolarga ham, ruxsatnoma muddati o‘tgan fuqarolarga ham birdek baravar ekanidan norozi ekanini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat olish to‘lovi quyidagicha:
  • orqa yon oynalar – yiliga 4,5 BHM (1 mln 215 ming so‘m);
  • barcha yon oynalar – yiliga 45 BHM (12 mln 150 ming so‘m).

Aprel oyida YHXX boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov Kun.uz savoliga javoban “tonirovka” masalasida yengillik berilishi kutilmayotganini ma’lum qilgandi.

Bir yil oldin esa “tonirovka” narxini kamaytirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilgani aytilgan, shundan keyin rasmiylar bu mavzuni boshqa ko‘tarmagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Komil Allamjonov: “Tonirovka tekin bo‘lishi kerak”