Foto: «Avto.Vesti»
G‘arb sanksiyalari ortidan Rossiya bozorini Renault (Fransiya), Honda (Yaponiya), Lifan (Xitoy) va General Motors (AQSH) tark etdi. «Vesti» yozishicha, GM ning Cadillac va Chevrolet top-markalari qatorida, O‘zbekistonda yig‘ilayotdan budjet turkumidagi mashina modellari ham Rossiyani tark etgan.
«O‘zavtomotors» mashinalar yetkazishni mart oyida bas qilgan, «Keles Rus» distribyutori saytini yopib, ishlashdan to‘xtagan. Rossiyaga yetkazish to‘xtatilgan mashinalar — Chevrolet Nexia, Cobalt hamda Chevrolet Spark. Rossiya hududlarida dastlabki ikki mashina hali sotuvda topiladi, biroq subkompakt Spark endi yo‘q, deyiladi xabarda.
Bu mashinalar 2020 yildan Rossiyada Ravon brendi ostida sotilayotgandi. Mashinalarni yetkazish tiklanmaydi, aks holda, xabarga ko‘ra, «O‘zavtomotors» Amerikaning ikkilamchi sanksiyalariga tushishi mumkin.
Rossiya avtobozorini yo‘qotish o‘zbek avtokompaniyasi uchun katta yo‘qotish bo‘lmasligi ta’kidlangan: 2021 yilda ishlab chiqarilgan 237 mingta mashinadan faqat 5 mingtasi Rossiyaga yetkazilgan. 2022 yilda kompaniya modul platformada ishlab chiqariluvchi yangi model qatoriga o‘tadi. Bu modellarning birinchisi kompakt Chevrolet Tracker hisoblanadi.
GM (AQSH) ketayotgan eshigini qattiq yopdi, deyiladi xabarda: konsern 19 apreldagi bayonotida nafaqat buyurtma qilingan avtomobillarni rossiyalik dilerlarga yetkazishni to‘xtatishini, shuningdek, ehtiyot qismlar yetkazish va amaldagi mijozlarga barcha xizmatlar kafolatlanishini bas qilishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»