11:44 / 06.07.2022
1 193

O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, reyting baholash quyidagi ko‘rsatkich (indikator)lar asosida amalga oshiriladi:
  • ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
  • ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgandan keyin, yil yakunigacha yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
  • yil yakunigacha qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni;
  • ta’lim tashkilotlarida to‘liq shtatda faoliyat yuritadigan oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega o‘qituvchilarning soni to‘g‘risida ma’lumotlar.

Ta’lim tashkilotlari reytingini baholash ko‘rsatkich (indikator)lar asosida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiriladi.

Ta’lim tashkilotlari reytingi quyidagicha toifalarga ajratiladi:
  • 81 balldan 100 ballgacha — «yashil»;
  • 51 balldan 80 ballgacha — «sariq»;
  • 50 balldan past — «qizil».

Reyting ball ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yagona shaklda yuritiladi hamda yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Reyting natijalari har yili 25 yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Nizom 2022 yil 1 sentabrdan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi belgilandi