Foto: Bloomberg
Apple kompaniyasi Lamborghini kompaniyasining yetakchi avtomobil dizaynerlaridan biri Luiji Taraborrellini o‘zi boshqaradigan elektromobilini yaratish uchun yolladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
- Kompaniya 20 yillik tajribali italyan avtomobil ishlab chiqaruvchisi Luiji Taraborrellini Apple’ning bo‘lajak avtomobilini loyihalash uchun yolladi, — deydi Bloomberg.
Bloomberg’ning ta’kidlashicha, bu harakat kompaniyaning ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng elektromobillar dasturini qayta boshlaganini anglatadi.
Noyabr oyida Apple Tesla kompaniyasining sobiq muhandisi Kristofer Murni ishga oldi, uning jamoasi o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil ishlab chiqaradi.
Loyihada Ford, BMW, McLaren, Porsche va boshqa kompaniyalarning mutaxassislari ham ishlaydi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 2025 yilda o‘z dizaynidagi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
1976 yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, MacBook, iPod va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?