17:15 / 02.08.2022
1 531

O‘zbekistonliklar 6 oyda qancha «inomarka» xarid qilishgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar 6 oyda qancha «inomarka» xarid qilishgani ma’lum qilindi
2022 yilning 1-yarmida O‘zbekistonda 712 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021 yilning 1-yarmiga nisbatan 2,1 barobar ko‘p. Bu Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekiston avtomobil bozoridagi holat yuzasidan tayyorlagan tahlilida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon mamlakatning barcha hududlarida avtomobil savdosi sezilarli darajada oshgan (375 mingtaga). Eng yuqori o‘sish sur’atlari Namanganda 3 barobar (+45,4 ming), Andijonda 2,5 barobar (+32,2 ming), Buxoroda 2,4 barobar (+24,7 ming), Surxondaryoda 2,4 barobar (+23,9 ming) va Farg‘onada 2,4 barobar (+45,7 ming) qayd etilgan.

Jumladan, xorijiy avtomobillar oldi-sotdi shartnomalari soni hisobot davrida 9,8 mingtani tashkil qilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

Chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosining 51 foizga yaqini Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida bu ko‘rsatkich mos ravishda Toshkent – 9 foiz, Qashqadaryo – 7 foiz, Samarqand – 6 foiz, Buxoro – 5 foiz, Navoiy – 5 foiz, Xorazm - foiz va Andijon – 3 foiz viloyatlarida qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonliklar 6 oyda qancha «inomarka» xarid qilishgani ma’lum qilindi