2022 yil 29 avgustdan 4 sentabrgacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 8 392 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan bo‘lib, shundan 3 989 tasi jismoniy shaxslar uchun va 4 403 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.
O‘zRTXB matbuot xizmatiga ko‘ra, hisobot davrida 1 036 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 2 mlrd 976,1 mln so‘mni tashkil etdi.
Amalga oshgan bitimlarning 83 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (2 mlrd 472,1 mln so‘mga teng 919 ta avtoraqam) va 17 foiz ulushi yuridik shaxslarga (504 mln. so‘mga teng 117 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.
Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 2,9 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 606 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 181,8 mln so‘mni tashkil qildi.
Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 468 995 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 447 762 nafari jismoniy shaxslar va 21 233 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Metabolizm sekinlashganining belgilari