06:30 / 21.09.2022
1 263

Porsche 75 mlrd dollarga baholanmoqda. Oy oxirida kompaniyaning IPO’si bo‘lib o‘tadi

Porsche 75 mlrd dollarga baholanmoqda. Oy oxirida kompaniyaning IPO’si bo‘lib o‘tadi
Foto: Reuters
Hashamatli avtomobil ishlab chiqaruvchi Porsche shu oy oxirida Frankfurt fond birjasida sotuvga chiqarilsa, uning narxi 75 milliard yevroga baholanishi kutilmoqda. Bu haqda Porsche’ning bosh kompaniyasi Volkswagen xabar bermoqda.

Volkswagen Porsche imtiyozli aksiyalarining har bir uchun 76,50-82,50 yevro narx oralig‘ini belgiladi, umumiy brend qiymati esa 70-75 milliard yevroga teng.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, agar taklif diapazonning yuqori qismida o‘tsa, bu Yevropa tarixidagi uchinchi eng yirik IPO bo‘ladi.

IPO (Initial Public Offering) — bu kompaniya aksiyalarining fond birjasida birinchi joylashtirilishi.

Aksiya — bu korxona ishlab chiqaradigan qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalarni sotib olgan aholi vakillari yoki kompaniyalar biznesga sherik bo‘lib qolishadi.

Kompaniya uchun IPO — bu manfaatli shartlarda yirik investitsiyalarni jalb qilish usuli.

Volkswagen kompaniyasining ma’lum qilishicha, Porsche aksiyalari Frankfurt fond birjasida 29-sentyabrdan sotila boshlaydi.

Porsche’ning 911 million dona aksiyasi 455,5 million imtiyozli va 455,5 million oddiy aksiyalarga bo‘linadi. Listingga 113,875 million donagacha ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan imtiyozli aksiyalar kiradi.

Qatar, Abu-Dabi va Norvegiyaning suveren jamg‘armalari, shuningdek, T. Rowe Price investitsiya firmasi 3,68 milliard yevrogacha aksiyalarni sotib oladi va asosiy investorlarga aylanadi.

Porsche SЕ — Porsche va Piech oilalari tomonidan nazorat qilinadigan xolding kompaniyasi — alohida bayonotga ko‘ra, 7,9 milliard yevrogacha qarz mablag‘lari bilan oddiy aksiyalarni sotib olishni moliyalashtiradi.

Porsche va Volkswagen 2011 yilda birlashgan. O‘sha paytda Porsche Volkswagen sho‘’ba korxonasi etib tayinlangan edi.

Volkswagen Porsche bosh kompaniyasi bo‘lishdan tashqari, Audi, Bugatti va Lamborghini avtomobil kompaniyalariga ham egalik qiladi.

Jami listing daromadlari 18,1 milliarddan 19,5 milliard yevrogacha bo‘ladi. Agar IPO amalga oshirilsa, Volkswagen dekabr oyida aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqiradi va u yerda aksiyadorlarga 2023 yil boshida yig‘ilgan barcha mablag‘larning 49 foizini maxsus dividend shaklida to‘lashni taklif qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Porsche 75 mlrd dollarga baholanmoqda. Oy oxirida kompaniyaning IPO’si bo‘lib o‘tadi