Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘onada viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘ona shahridagi o‘rganishlari davomida mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi Central Asia Motors korxonasida bo‘ldi.
Korxonada 2021-2022 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ushbu loyiha to‘liq yakunlansa, yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va uning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.
Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedov viloyat rahbariga elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil yakuniga qadar boshlanishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi