18:45 / 03.10.2022
982

Tesla uchinchi chorakda rekord darajada — 344 mingta elektromobil yetkazib berdi

Tesla uchinchi chorakda rekord darajada — 344 mingta elektromobil yetkazib berdi
Foto: Bloomberg
Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi uchinchi chorakda yetkazib berish hajmini oldingi uch oyga nisbatan 34,5 foizga oshirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Kompaniyaning elektromobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichi rekord darajadagi 343,83 mingtaga yetdi.

Tahlilchilar bu ko‘rsatkich 358 mingta elektromobil bo‘lishini prognoz qilgan edi.

Elektromobil rusumlari orasida Model X va Model S’ni yetkazib berish 18 672 ta, Model 3 va Model Y’ni yetkazib berish 325 158 tani tashkil etdi.

Tesla o‘tgan chorakda 365 923 ta avtomobil ishlab chiqardi, bu ikkinchi chorakdan 41 foizga ko‘p.

Kompaniyaning ishlab chiqarish va yetkazib berish o‘rtasidagi farqi 22 mingdan ko‘proqni tashkil qildi.

Bu birinchi chorakdagi 4 ming donadan sezilarli darajada oshgan. Ishlab chiqarish sur’ati talabdan ancha yuqori bo‘lmoqda.

Kompaniya bunga logistikadagi muammolar sabab bo‘lganini ta’kidladi.

"Ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etar ekan, logistikaning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan ushbu davrda o‘rtacha narxda transportni ta’minlash tobora qiyinlashmoqda", — deyiladi Tesla’ning press-relizida.

Tesla uchinchi chorak moliyaviy hisobotlarini 19 oktabrda e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aksiyalari yil boshidan buyon 24,7 foizga, Nasdaq Composite fond indeksi esa o‘tgan davr mobaynida taxminan 32 foizga arzonlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla uchinchi chorakda rekord darajada — 344 mingta elektromobil yetkazib berdi