Foto: Move Electric
Dizelli va benzinli dvigatellardan elektrga o‘tayotgan ishlab chiqaruvchilar qatoriga Jeep kompaniyasi ham qo‘shildi. Bu haqda Move Electric xabar berdi.
Kompaniya Jeep Avenger kompakt yo‘ltanlamasini taqdim etdi. Mashina birinchi navbatda Yevropa bozoriga mo‘ljallangan, reliz 2023 yil boshlarida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Foto: Move Electric
Jeep vakillariga ko‘ra, Avenger 400 voltli elektr platformada qurilgan, mashinani 156 ot kuchiga ega yagona dvigatel harakatga keltiradi.
Avtomobil bir necha rejimda ishlaydi: «Odatiy» (kunlik harakatlanish uchun), «Sport», «Qor», «Loy», «Qum», «Eko» (oxirgisi quvvatni tejash uchun).
Foto: Move Electric
Mashina bitta quvvat olishda 400 km yo‘l bosadi — boshqa ishlab chiqaruvchilarga solishtirganda uncha yaxshi ko‘rsatkich emas. Biroq akkumulatori tez quvvat oladi: 20 foizdan 80 foizgacha to‘lishi uchun 24 daqiqa yetadi. Har uch daqiqalik quvvati qo‘shimcha 30 km yurishni kafolatlaydi.
Foto: Move Electric “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi