16:53 / 24.10.2022
1 813

Rossiyaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil butlovchi qismlari zarur

Rossiyaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil butlovchi qismlari zarur
Rossiya O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining avtomobil butlovchi qismlarini mamlakat bozoriga yetkazib berishidan manfaatdor. Bu haqda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishida RF Bosh vaziri o‘rinbosari – Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov ma’lum qildi.

«Bizni ham o‘zbek avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilari bozorimizga kirib kelayotgani qiziqtirmoqda – hozir buning uchun vaziyat ancha qulay», – deydi u.

Manturov, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sarmoyaviy hamkorlik faollashayotganini ta’kidlab: «Rossiya, shubhasiz, O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biridir. Kompaniyalarimiz kapital qo‘yilmalari hajmi allaqachon 10 milliard dollardan oshdi», deya qo‘shimcha qilgan.

«Gap nafaqat Rossiyaning O‘zbekistondagi loyihalari, jumladan, yuk va yengil avtomobillarni qo‘shma ishlab chiqarish, balki uchinchi davlatlar perimetri bo‘yicha ham rivojlantirish haqida bormoqda», – degan u.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina bilan urush tufayli G‘arb ishlab chiqaruvchilari Rossiya avtomobil bozorini tark eta boshladilar. Aprel oyida Manturov xorijiy komponentlarni Xitoydan yetkazib berish bilan almashtirish mumkinligini e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil butlovchi qismlari zarur