Rossiyada yangi Sollers S9 yoʻltanlamasi ishlab chiqariladi: UAZ zavodida katta oʻzgarishlar

Rossiyaning “Sollers” kompaniyasi yangi Sollers S9 ramali yoʻltanlamasi uchun transport vositasi turini maʼqullash (OTTS) sertifikatini qoʼlga kiritdi. Ushbu hujjat modelni seriyali ishlab chiqarish va rasmiy sotuvlarni boshlash uchun huquqiy yoʻl ochadi. Eng eʼtiborli jihati shundaki, yangi avtomobil Ulyanovsk avtomobil zavodi (UAZ) quvvatlarida yigʼiladi va bu korxona modernizatsiyasida muhim qadam boʼlishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotlariga koʼra, Sollers S9 modeli besh va etti oʼrinli variantlarda taklif etiladi. Avtomobilning gabarit oʼchamlari haybatli: uzunligi 5200 mm, kengligi 1965 mm va balandligi 1885 mm ni tashkil etadi. Gʼildiraklar bazasi 3090 mm ga teng boʼlib, bu salonning juda keng va shinam boʼlishini taʼminlaydi. Texnik jihatdan ushbu model Xitoyning JAC JS9 yoʻltanlamasiga asoslangan boʼsa-da, u mahalliy bozor uchun sezilarli darajada moslashtirilgan.
Texnik xarakteristikalar va quvvat
Yangi yoʻltanlamas xaridorlariga ikki xil dvigatel tanlovi taqdim etiladi. Birinchisi — 2,0 litrli benzinli turbomotor boʼlsa, ikkinchisi — xuddi shu hajmdagi turbodizel agregatidir. Ikkala holatda ham dvigatellar sakkiz pogʼonali gidromexanik avtomat uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi. Bu esa ogʼir yoʻl sharoitlarida ham, shahar ichida ham ravon harakatlanish imkonini beradi.Sollers S9 klassik ramali konstruksiyaga ega boʼlib, u toʼliq uzatmali (4WD) tizim bilan jihozlangan. Haydovchi turli yoʻl sharoitlariga moslashish uchun bir nechta harakatlanish rejimlarini tanlashi mumkin. Orqa osma (podveska) tizimi Sollers ST9 pikapidan oʼshashlik olgan holda prujinali qilib ishlangan, bu esa avtomobilning yuk koʼtarish qobiliyati va qulayligi oʼrtasidagi muvozanatni saqlaydi.
Mahalliylashtirish va dizayn oʼgarishlari
Avtomobilni Rossiya bozoriga moslashtirish jarayonida Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti mutaxassislari faol ishtirok etishgan. Ularning saʼylari bilan interyer dizayni qayta koʼrib chiqilgan, radiator panjarasi oʼzgacha koʼrinish olgan va 360 darajali kameralar joylashuvi optimallashtirilgan. Bu oʼgarishlar modelni nafaqat tashqi tomondan, balki funksional jihatdan ham takomillashtirgan.Ishlab chiqarish jarayoni UAZ hududida yoʼlga qoʼyilgan yangi presslash liniyasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu sex nafaqat Sollers S9, balki Sollers pikaplari va anʼanaviy UAZ modellari uchun ham kuzov detallarini tayyorlab beradi. Bunday integratsiya ishlab chiqarish tannarxini tushirish va ehtiyot qismlar bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Oʼbekiston avtomobil bozori uchun ham ushbu yangilik qiziqarli boʼlishi mumkin. Hozirda mamlakatimizda ramali yoʻltanlamalarga, xususan, BYD va Toyota kabi brendlarning yirik modellariga talab yuqori. Sollers S9 kabi nisbatan hamyonbop va baquvvat avtomobillarning mintaqaviy bozordagi raqobatga taʼsirini vaqt koʼrsatadi. Hozircha ishlab chiqarish sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.






























Izohlar 0
…