Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasi xizmat mashinalarini (ular faqat sportkarlardan foydalanishadi) Xitoyda chiqarilgan avtomobillarga almashtirishni boshladi.
Dubay politsiyasiga keltirilgan elektr motorli Hongqi E-HS9 krossoveri birinchi xitoylik bo‘ldi. Hongqi — xitoychadan tarjima qilinganda «Qizil bayroq» ma’nosini beradi.
U 2011 yilda chiqarilgan (BAA mezonlari bo‘yicha eskirgan) Lamborghini Aventador LP700-4 o‘rnini egallaydi.
Italiyaliklar va xitoyliklar avtomobilidagi yagona o‘xshash jihat bu — juda obro‘li sanaluvchi 8 davlat raqami.
Hongqi E-HS9 elektromobillari yordamida dubaylik politsiyachilar «yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategik maqsad»ni uddalashmoqchi.
«Dubay politsiyasi o‘z avtoparkini doim eng samarali va yangi transport vositalari bilan ta’minlashga intilib kelgan», — ta’kidladi general-mayor Xalil al-Mansuriy.
Mazkur avtomashinaning taqdimot marosimini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:VIDЕO “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi