Moskva avtomobil zavodi “Moskvich” qayta ish boshladi. Korxonada “Moskvich 3” krossoveri seriyali ishlab chiqarila boshlandi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri ochilish marosimidan xabar berdi.
Seriali yig‘ishni Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Moskva meri Sergey Sobyanin ochib berdi.
Vazirning ta’kidlashicha, joriy yilda nafaqat “Moskvich 3” rusumli avtomashinaning yirik uzelli yig‘ilishi, balki elektromobillar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
“Yaqin istiqboldagi vazifa 2023 yil oxirigacha mahalliy yetkazib beruvchilarni jalb qilgan holda kichik hajmdagi yig‘ish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishdir. Keyingi qadam milliy elektromobil uchun o‘zimizning universal platformamizni yaratish bo‘ladi, uni ishlab chiqarishni boshlash 2025 yil oxiriga rejalashtirilgan”, - deydi Manturov.
U bu yo‘nalishini zavod uchun ustuvor vazifa deb atadi. Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning 2025 yilgacha rivojlanish bo‘yicha kelishilgan aniq rejalari bor. Shunday qilib, zavod 2027 yilgacha to‘liq texnologik mustaqillikka erishish uchun payvandlash va bo‘yash bosqichlarini mahalliylashtirish ustida ishlaydi.
© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tish
O‘z navbatida, Sobyanin zavod olti oydan kamroq vaqt ichida, Renault korxonani tark etganidan keyin, ishga tushirilishini eslatdi.
“Ko‘pchilik bu Rossiya avtosanoatining oxiri bo‘ladi deb o‘yladi, lekin aslida bu yangi ishlab chiqarishni tiklash uchun yana bir turtki bo‘ldi. Bugun Moskvada eski “Moskvich” brendi ostida yangi model ishlab chiqarilmoqda va bu tarixiy voqea”, - deydi shahar meri.
Sanoat va savdo vazirligining aniqlik kiritishicha, dekabr oyida poytaxtda “Moskvich 3” krossoveri sotila boshlaydi. Shu bilan birga, brend avtomobillari kelgusida talabini qo‘llab-quvvatlash davlat dasturlariga kiritilishi rejalashtirilgan.
© Sputnik / Ramil Sitdikov
Keng ko‘lamli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida 40 mingga yaqin odam ish bilan ta’minlanadi.
“Moskvich 3” – 150 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli turbo dvigatel bilan jihozlangan ixcham krossover. U CVT avtomat uzatmasi (variator) yoki olti pog‘onali “mexanika” bilan tandemda o‘rnatiladi.
Noyabr oyida zavod “Moskvich 3e” elektromobilini sertifikatladi, Rosstandart tegishli ruxsatnomani berdi.
© Sputnik / Ramil Sitdikov
2022 yil mart oyida Fransiyaning Renault kompaniyasi Moskvadagi avtomobil zavodini yopayotgani va Rossiya bozorini tark etishi haqida e’lon qildi va may oyida korxonani poytaxt hukumatiga topshirdi. Bitim tugaganidan ko‘p o‘tmay, zavod nomi “Moskvich”ga o‘zgartirildi.
Shu bilan birga, sobiq egasi zavodda ishlab chiqarishni ta’minlaydigan hech qanday texnologiya, loyiha hujjatlari yoki butlovchi qismlarni qoldirmadi. Ammo 2021 yil uchun ishchilarning ish haqidan 691 million rubl qarzlarini qoldirdi. Moskva hukumati korxona egasi bo‘lishi bilanoq uni to‘ladi.
© Sputnik / Ramil Sitdikov
“Moskvich” zavodini qayta tiklash olti yil davomida uch bosqichda amalga oshiriladi. Avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun dilerlik tarmog‘ini shakllantirish allaqachon boshlangan.
Kompaniya rejalariga ko‘ra, zavod to‘rtta krossover, jumladan, bitta elektrda harakatlanuvchi, va sedan ishlab chiqaradi.
Moskva avtomobil zavodi1, Moskvich1, Elektromobil1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi