Shu yil 10 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektromobil tarmog‘ini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishgan edi. Unda berilgan topshiriqlar asosida yurtimizda elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish, quvvatlash stansiyalarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
Prezident huzurida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ushbu takliflar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, mutasaddilar tarmoqda ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida fikr bildirishgan. Xususan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektromobillarni utilizatsiya yig‘imidan, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, jihozlari, xomashyo materiallarini bojxona bojidan ozod etish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni to‘liq yo‘lga qo‘yilguncha investorlarga muayyan miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berish taklif etilmoqda.
Davlat rahbari avvalgi taqdimotda aholi o‘rtasida elektromobillar ommalashishi uchun uning xaridini rag‘batlantirish zarurligini aytgan edi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston elektromobillarini sotib olish uchun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda. 2023–2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi. Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.
Elektromobil ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolardan biri mis. Yurtimizda mis klasterlari tashkil etilmoqda. Bundan foydalanib, ushbu klasterlarda elektromobillar va quvvatlash stansiyalari uchun butlovchi qismlar tayyorlanadi.
Kadrlar masalasi ham juda muhim. Shu bois Turin politexnika universiteti huzurida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuborish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda mutasaddilar ushbu chora-tadbirlar natijasida respublikamizda yiliga 15-25 mingta elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkinligini qayd etishdi.
Davlatimiz rahbari bu yo‘nalish avtomobilsozlikda raqobat yaratishi kerakligini ta’kidladi. Berilayotgan imkoniyatlarni sohaga qiziqish bildirgan ishbilarmonlar bilan muhokama qilib, ularning fikr va takliflari asosida imtiyozlarni yanada kengaytirish, tarmoqqa tadbirkorlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga elektromobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish vazifasi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi