Jeep Avenger.
Foto: Jeep
Yevropada «Car of the Year» («Yil avtomobili») tanlovining g‘olibi e’lon qilindi. Hakamlar Jeep Avenger ixcham yo‘ltanlamas (krossover)ini Yevropaning 2023 yildagi eng yaxshi mashinasi, deya e’tirof etishdi.
Avenger uchun 57 nafar hakam jami 328 ball berdi.
Ikinchi o‘rinda — yana bir yo‘ltanlamas — Volkswagen ID.Buzz elektr krossoveri, uchinchi — Nissan Ariya. Keyingi o‘rinlarda — Kia Niro, Renault Austral, Peugeot 408, Subaru Solterra va Toyota bZ4X.
«Yil avtomobili» tanlovida mashinalarni Yevropaning 22 mamlakatidan 57 nafar avtomobil jurnalisti baholadi. Bu yil tanlovga 60 yil to‘ldi.
Stellantis konserniga qarashli Jeep brendi o‘z tarixida birinchi marta ushbu tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Jeep Avenger — 156 ot kuchiga ega elektr motor o‘rnatilgan ixcham yo‘ltanlamas bo‘lib, bir quvvat olishda 400 kilometrgacha yo‘l bosadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi