16:54 / 12.04.2023
318

Turkmaniston hukumati Turkiyaning qizil elektromobillarini olishdan bosh tortdi va oq ranglisini so‘radi

Turkmaniston hukumati Turkiyaning qizil elektromobillarini olishdan bosh tortdi va oq ranglisini so‘radi
Foto: Anadolu
Turkmaniston hukumati Turkiyadan Togg elektromobillarining oq ranglisidan yuborishni so‘radi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Antaliyadagi Togg ko‘rgazma maydoniga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi, deyiladiTurkiya prezidentining rasmiy saytidagi bayonotda.
 
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, u Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefonda gaplashgan, suhbatda Meredov undan oq rangli mashinalarni so‘ragan.
 
Hozir qo‘limizda qizil mashinalar bor, agar kerak bo‘lsa, ularni hoziroq jo‘natishimiz mumkin. Oq ranglilari bir oy ichida tayyor bo‘ladi, o‘shanda ularni sizga jo‘natamiz”, — degan Chavusho‘g‘li.
 
U shuningdek, 4 aprel kuni qizil rangli ToggT10X krossoveri Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga topshirilganini aytib, avtomobillar nafaqat Turkmaniston, balki O‘zbekistonga ham yuborilishini eslatdi.
 
Bayonotdan kelib chiqilsa, Turkmaniston oq elektromobillarni kutishga tayyor, chunki Chavusho‘g‘li mamlakatda “oq mashinaga talab bor”ligini ta’kidlagan.
 
Turkmanistonda bir necha yillardan beri qora va boshqa to‘q rangdagi avtomobillarni haydash taqiq ostida. Taqiq birorta hujjatda yozilmagan, bu masala rasmiy ommaviy axborot vositalarida ko‘tarilmagan. Mamlakatda haydovchilar yo‘l politsiyasining talabi bilan mashinalarini o‘z hisobida oq yoki kumush rangga bo‘yashga majbur qilingan, deb yozadi OAV.
 
Turkiyaning Bursa shahrida qurilgan Togg zavodining ochilish marosimi 2022 yilning kuzida bo‘lib o‘tgandi. Tadbirda ishtirok etgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, har yili 175 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishini, 2030 yilda esa ishlab chiqarish bir milliondan oshishini aytgan. Chavusho‘g‘li ta’kidlashicha, dunyoda, xususan, turkiy davlatlarda Togg avtomobillariga qiziqish katta.
 
Aprel oyi boshida birinchi elektromobil konveyerdan chiqdi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Togg avtomobilining birinchi egasiga aylandi. Erdo‘g‘on elektromobil Ozarbayjon prezidentiga yuborilgani va O‘zbekiston rahbariga ham sovg‘a qilinishini aytdi.
 
Togg 160 kilovatt quvvatga ega akkumulatorli, bir quvvatlanishda 314 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir. Elektrokarning eng arzon modeli 953 ming lira (50 ming dollardan ortiq), kuchliroqlari 1,215 million turk lira (63 ming dollar) turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Turkmaniston hukumati Turkiyaning qizil elektromobillarini olishdan bosh tortdi va oq ranglisini so‘radi