22:28 / 21.06.2023
241

Range Rover Evoque 2023 taqdim etildi

Range Rover Evoque 2023 taqdim etildi
Foto: Land Rover
Land Rover kompaniyasi Range Rover Evoque krossoverining 2023 yilgi yangilangan versiyasini taqdim etdi.
 
Krossover dizayni yangilangan, texnik imkoniyatlari oshirilgan. Radiator panjarasi o‘zgarishga uchragan. Shuningdek, qo‘shimcha haq evaziga 21 dyuymli g‘ildiraklarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.
Mashina salonida 11,4 dyuymli multimedia tizimini boshqarish uchun displey o‘rnatilgan. U Pivi Pro 2 operatsion tizimida ishlaydi. Havoni tozalashning yangi tizimi — Cabin Air Purification Plus bilan ta’minlangan. Haydash rejimini o‘zgartirish dastagi (richag) ham yangilangan.
 
Range Rover Evoque 2023 Yevropa bozorida 4 ta versiyada taqdim etiladi: S, Dynamic SE, Dynamic HSE va  Autobiography. Shuningdek, bir nechta gibrid komplektatsiyalisi ham bozorlardan joy oladi.
Avtomobil dvigatellari ham turlicha bo‘ladi. 1,5 litr hajmga ega benzinda harakatlanadigan turbodvigatel, shuningdek, 2 litr hajmga ega benzinli va dizelli dvigatellar.
 
Krossover 40 080 yevrodan sotuvga chiqqan. Oldindan buyurtmalarni qabul qilish ham boshlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Range Rover Evoque 2023 taqdim etildi