Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, tashrifning ikkinchi kuni JAC Mators kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan an’anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.
Bildirilishicha, hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar ketmoqda. Davlat rahbari tomonidan viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida an’anaviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirig‘i berilgan.
Qayd etilishicha, kompaniya Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida o‘ziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomobillari jahonning 60dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda. Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qog‘ozi bo‘lishini ta’kidladi. Kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda.
Viloyatimizda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilib, tashrif davomida yana 2ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring