UzAuto Motors 4 avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023 yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Kecha, 5 avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023 yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi. 4–5 avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolandi.
Qayd etilishicha, shartnomalarning bir qismi bo‘yicha to‘lov o‘z vaqtida, 7 kalendar kunidan keyin amalga oshirilmasa ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtosalonlarda aks etgan holatlar videolari tarqala boshladi. Unda odamlar shartnoma tuzish uchun kelib, navbat sababli janjallar yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring