date

Volkswagen dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga aylandi

Volkswagen dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga aylandi

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni joriy yilning birinchi yarim yilligida, jahonning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga aylandi, deya xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis kompaniyasi 2016 yil yanvar – iyun oylarida 5,27 mln avtomobil ishlab chiqargan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foiz ko‘p demakdir. Yaponiyaning Toyota avtokonserni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,6 foiz kam, ya’ni 5 mln dona mashina ishlab chiqargan. Uchinchi o‘rinda borayotgani aytilgan GM konsernining ishlab chiqargan avtomobillariga oid raqamlar keltirilmagan.

Bundan tashqari, Volkswagen birinchi yarim yillikda avtomobillarni sotish bo‘yicha ham dunyo etakchiligiga erishgan. Uning 5,2 mln dona mahsuloti mijozlarga etkazilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Toyota (4,99 mln dona, Toyota, Lexus, Daihatsu va Hino savdo belgilari bilan birga) va GM (4,76 mln dona) kompaniyalari bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Volkswagen dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasiga aylandi