GM Uzbekistan Qozog‘istonga Ravon R2 avtomobillarini etkazib berishni boshladi

GM Uzbekistan QK 25 iyul kuni Qozog‘istonga Ravon R2 avtomobillarining birinchi partiyasini jo‘natdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga asoslanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
3 avgust kuni esa R2 avtomobillarining ikkinchi partiyasini Rossiyaga jo‘natish ishlari boshlandi. Yaqin kunlarda Nexia R3 modelining birinchi partiyasi ham yuboriladi.
General Motors avtomobillari ichida R3 «Era-Glonass» (avariyali vaziyatlarda favqulodda javob qaytarish tizimi) moduli sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi model bo‘ldi.
Rossiyaga may oyida avtomobillarni etkazib berishdagi tajribalar hisobga olingan holda kompaniya logistika va etkazib berishni takomillashtirish uchun bir qator choralarni qo‘lladi, deyiladi xabarda.
Yil davomida QK MDHning boshqa etakchi bozorlarida ham Ravon brendining dilerlik tarmoqlarini kengaytirish ishlarini davom ettiradi. Jumladan, avgustda brend Ukrainada namoyish etiladi.
Bundan tashqari, modellar qatorini yangilash bo‘yicha ham ishlar davom ettiriladi. Taqdimoti bo‘lib o‘tgan R2, R3 va Gentra modellaridan tashqari, bir vaqtning o‘zida barcha bozorlarda Ravon R4 yangilangan modelini taqdim etish rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing