O‘zbekistonda yangi qaror bilan avtomototransport vositalarini sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekistonda yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi. Ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistonda chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119-1 band bilan to‘ldirildi:
119-1. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.
Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring