11:33 / 20.02.2024
226

Rossiyada Uganda, Eron va Hindiston avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin

Rossiyada Uganda, Eron va Hindiston avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin
Saipa Cadilla Foto: khodrobank.com
Rossiya avtomobil bozorida yangi avtomobil brendlari, xususan, Uganda, Hindiston va Erondan paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda 19 fevral, dushanba kuni «Izvestiya» gazetasi Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasiga tayanib xabar berdi.

Palata prezidenti Sergey Koritinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar kuchayishi fonida yangi avtomobil brendlari bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Xususan, budjet segmentida Tata Motors hind konsernining avtomobillari, shuningdek, Eronning Iran Khodro va Saipa avtomobillariga talab paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Shu bilan birga, «Izvestiya» nashri hindistonlik ishlab chiqaruvchilarning Rossiya bozorida avtomobil sotmoqchiligi haqida aniq ma’lumot yo‘q, deb yozadi. O‘z navbatida, Eron avtomobillari allaqachon Rossiyada mavjud. Xususan, Iran Khodro kompaniyasining Tara avtomobilini 1,5 million rublga sotib olish mumkin.

Uganda ham Rossiya avtomobil bozoriga kirishga qiziqish bildirgan. Mamlakatning Rossiyadagi elchisi Mozes Kizigening so‘zlariga ko‘ra, Uganda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Afrikada yetakchi hisoblanadi. O‘z navbatida, Ugandaning hukmron partiyasi Milliy qarshilik harakati raisi o‘rinbosari Marvaxa Parminder Katongole Singx «Izvestiya» nashriga Rossiya avtomobil bozoriga kirish Uganda uchun Rossiya bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda yaxshi imkoniyat bo‘lishini aytdi.

Xitoy avtomobillari Rossiya bozorining deyarli yarmini egallagan

2023 yil dekabr oyida NAPI avtomobil marketingi agentligi Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillarning ulushi butun Rossiya avtomobil bozorining 37 foizini tashkil qilayotganini ma’lum qildi. Yana qariyb 10 foizni Rossiyada ishlab chiqarilgan Xitoy brendlarining avtomobillari egallagan. 2022 yilning yanvar-noyabr oylari bilan solishtirganda ularning umumiy ulushi 30 foizdan ko‘proqqa oshdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada Uganda, Eron va Hindiston avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin