06:09 / 24.03.2024
158

AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi

AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi
Foto: AP
Prezident Jo Bayden AQSH tarixidagi eng qat’iy ekologik standartlarni joriy etishga tayyor. Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) yangi emissiya standartlari ishlab chiqilganini e’lon qildi. Dastur 2027 yildan 2032 yilgacha bo‘lgan davrda zararli moddalar chiqindilarini deyarli 50 foizga qisqartirishni nazarda tutadi. Qonun loyihasida ichki yonuv dvigatellariga to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiq yo‘q, biroq 2032 yilga borib, azot oksidi va organik gazlar chiqindilari ikki barobarga kamayishi kerak. Bu haqda The New York Times yozdi.

Prezident Bayden elektromobillarga mehri o‘zgacha ekanini yashirmayapti va hozirgi ma’muriyat atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini keskin kuchaytirish uchun harakat qilmoqda.

AQSH prezidenti o‘z oldiga maqsad qo‘ygan: 2030 yilga borib, yangi yengil avtomobillar va yengil tijorat avtomobillarining yarmi ichki yonuv dvigatellaridan voz kechishi kerak. Baydenning asosiy raqibi Donald Tramp esa aksincha, agar Oq uyga qaytsa, iqlim dasturlarini bekor qilishga va’da beryapti.

Elektr transport vositalarining yangi avtomobillar sotuvidagi ulushi qanday bo‘lishi kerakligi EPA hujjatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, tashkilot yashirmaydi: yengil avtomobillarning 30 dan 56 foizigacha va o‘rta yuk mashinalarining 20 dan 32 foizigacha to‘liq elektr energiyasiga o‘tishi kerak.

New York Times gazetasiga ko‘ra, aslida qonun loyihasidan hozirgi ko‘rinishida hech kim mamnun emas. Ekologiya faollari qonun loyihasi avtomobil sanoati va yirik neft kompaniyalari bosimi ostida yozilgan deb qoralamoqda. Ular ekostandartlarning yanada kuchaytirilishini talab qilmoqda.

Respublikachilar qonun loyihasiga qarshi sud jarayonini boshlash niyatida. EPA vakilining ta’kidlashicha, atrof-muhit standartlarini kuchaytirish yillik sog‘liqni saqlash xarajatlarini 13 milliard dollarga, benzin va dizel yoqilg‘isi xarajatlarini 46 milliard dollarga tejash imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi