Foto: Getty Images
Kia Motors avtomobilning o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkinligi sababli AQSHdan 463 mingta Telluride krossoverini qaytarib olishini e’lon qildi.
Koreyalik ishlab chiqaruvchi tomonidan AQSH Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, yong‘inga avtomobilning elektr old o‘rindiqlari sabab bo‘lishi mumkin. Kuchli zarba natijasida o‘rindiq boshqaruv tugmalari siljib ketish xavfi mavjud, bu esa ularning qisilib qolishiga olib kelishi mumkin.
"Bunday holda o‘rindiqlar ostidagi kichik elektr motor uzluksiz ishlaydi va qizib ketadi, bu esa oxir-oqibat o‘rindiqlarning yonib ketishiga olib kelishi mumkin", — deyiladi xabarda.
Telluride — Kia kompaniyasining Amerika bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan eng katta avtomobili. Qaytarib olish 2020 yildan hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga taalluqlidir. Taqdim etilgan hujjatlarda ishlab chiqaruvchi Telluride avtomobillarida elektr old o‘rindiqlarning nosozligi tufayli tutun paydo bo‘lishining bir qancha holatlaridan xabardor ekanligi aytilgan. Ushbu holatlarning hech biri avtohalokatga yoki haydovchilar yoki yo‘lovchilarga shikast yetkazmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”