Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qildi.
Iyun oyidagi tahlil natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha avtotransport vositalarining umumiy savdosi 13,6 foizga kamaygan hamda qariyb 87 ming donani tashkil etgan. Yillik hisobda esa bozor faolligi 1,4 baravarga qisqargan.
Markazga ko‘ra, bu qisman mavsumiy omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki yozgi mavsumda an’anaviy ravishda ishbilarmonlik faolligi pasayadi.
Yengil avtomobillar
Iyun oyida yengil avtomobillar savdosi 13,3 foizga pasayib, 77,6 ming donagacha kamaygan. Hududiy kesimda eng katta pasayish Surxondaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan – o‘rtacha 22 foiz.
Shu bilan birga, ba’zi hududlarda sotuvlar oshgani kuzatilgan. Xususan, dastlabki 6 oyda Xorazm va Navoiy viloyatlarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 7 foizlik ijobiy dinamika qayd etilgan.
2024 yilning birinchi yarmi yakunlariga bo‘yicha O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi 580 ming donani tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 19 foizga pastdir. Bu nafaqat oldin ekspluatatsiyada bo‘lgan avtomobillarga talabning pasayishi bilan, balki avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining murakkablashishi hamda rasmiylashtirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish qiymatining oshishi bilan ham izohlanadi.
“Shunday qilib, sotuvlar umumiy hajmining 97,3 foizi to‘g‘ri keluvchi yengil avtomobillarning ikkilamchi bozorida talablarning qattiqlashishi va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarining qimmatlashishi oldi-sotdi bitimlari sonining qisqarishiga ta’sir qildi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobil bozorida umumiy savdo ko‘rsatkichlariga aks ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi ITIM sharhida.
Birlamchi bozordagi vaziyat
Iyun oyida yengil avtomobillarning birlamchi bozorida savdolar o‘tgan oyga nisbatan 9 foizga kamaygan hamda umumiy hisobda 26 ming donani tashkil etgan. Yillik hisobda esa faollikning kichikroq – 5,3 foizga pasayishi qayd etilgan.
Yangi yengil avtomobillarning birlamchi bozori ikkilamchi bozorga nisbatan ancha barqaror dinamikani namoyish etyapti.
Iyun oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvining qisqarish tendensiyasi davom etgan. Xususan, bunday avtomobillar sotuvlari may oyiga nisbatan qariyb 10 foizga pasaygan. Ushbu tendensiya mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosining may oyida boshlangan o‘sishiga barham berdi.
Xorijiy yengil avtomobillar bozori ham turg‘unlik belgilarini namoyon etmoqda. Iyun oyida ushbu segmentdagi sotuvlar 0,4 foizga o‘sgan va 2,4 ming donani tashkil etgan. Faollikning nisbatan kichik o‘sishi yillik hisobda sotuvlarning sezilarli pasayishini qoplamagan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 34 foizni tashkil etadi.
Yengil avtomobillar ikkilamchi bozori
Yengil avtomobillar ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotuvlar dinamikasining pasayishi bilan tavsiflanadi.
Xususan, iyun oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik o‘tgan oyga nisbatan 15,3 foizga pasaygan Hisobot davrida ushbu segmentda 51,5 ming dona atrofida avtomobil sotilgan. Umuman olganda, sotuvlar yillik hisobda 1,6 baravardan ko‘pga qisqargan.
Elektromobillar bozori
Iyunda yengil elektromobillar segmenti ham sotuvlarning pasayishini namoyon etgan. Sotuvlar hajmi 3 ming donani tashkil etib, may oyiga nisbatan 800 dan ortiqqa kamaygan.
Shunga qaramasdan, elektromobillar savdosi o‘tgan yilning iyun oyi darajasiga nisbatan 1,3 baravarga oshgan.
O‘zbekistonda elektromobillar birlamchi bozorida sotuvlar bir oy ichida sezilarli darajada — 28 foizga qisqargan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda buning aks tendensiyasi kuzatilgan.
Bu segmentda mart oyidan buyon faollikning o‘sishi qayd etilmoqda. Iyun oyidagi o‘sish 2,4 foiz bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi