
Toyota kompaniyasi 2017 yildan FC Busni sotishni boshlashini e’lon qildi. FC Bus barcha sinovlardan o‘tdi. Dastlabki ikki avtobus Tokio shahrida qatnashni boshlaydi. 2020 yilda o‘tkaziladigan Tokio olimpiadasiga qadar ularning soni yuzga etadi.
Toyota ushbu avtobusni Hino Motors kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqardi. Yonilg‘i elementining energetik mahsuldorligi ichki yonuv dvigatelidan ko‘ra samaraliroq ekanini tajriba allaqachon ko‘rsatgan. Yonilg‘i elementining yana bir afzalligi o‘zidan CO2 va boshqa zararli moddalar chiqarmasligidir.
O‘nta bakka to‘ldirilgan vodorod 235 kV∙soatli energiya ishlab chiqarishi mumkin . Avtobusni ikki elektromotor yurg‘izadi. Favqulodda holat yuz berganda quvvati 9 kVtga teng bo‘lgan generator ishga tushadi.
Avtobusning o‘lchamlari 10,5 x 2,5 x 3,3 m. 26 yo‘lovchi o‘tirib hamda 50 yo‘lovchi tik turib keta oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar