Premium segmentdagi xitoylik Avatr 11 krossoveri Rossiya bozorida ikki xil dvigatel va uchta komplektatsiyada taqdim etiladi.
Avatrning Rossiyadagi vakillari krossoverning komplektatsiyasini oshkor qilishdi. Brend matbuot xizmati ma'lum qilishicha, elektromobil ikki turli kuch oʻrnatmasi bilan uchta komplektatsiyada sotiladi.
“Bazaviy” versiyasida 90 kVt/soat batareya boʻlib, 575 km yoʻl yurish imkoniyatiga ega va orqa etakchi. Mashinaga LED optika, 21 dyuymlik gʻildiraklar, barcha oʻrindiqlarning isitgichi, simsiz quvvatlash qurilmasi, 15,6 dyuymli ekranli multimedia tizimi, 25 ta dinamikli Meridian akustikasi, haydovchi va yoʻlovchi uchun alohida pribor paneli displeylari, haydovchi uchun massaj funktsiyasi va “nol gravitatsiya” rejimidagi kreslo kabi imkoniyatlar taqdim etiladi.
Qimmatroq versiyasi old oʻqda qoʻshimcha motor va 116,79 kVt/soat batareyaga ega. 578 ot kuchiga ega ushbu versiya 625 kmgacha yurish imkoniyatiga ega boʻladi. Qoʻshimcha jihozlari orasida 22 dyuymlik gʻildiraklar, avtomatik eshiklar va bagajnik spoyleri uchun elektr boshqaruv tizimi bor.
Eng yuqori komplektatsiyada orqa oʻrindiqlar alohida kreslolarga ega boʻlib, ular isitgich, ventilyatsiya va massaj funktsiyasi bilan jihozlanadi. Shuningdek, qoʻshimcha simsiz quvvatlash qurilmasi ham orqa qismga oʻrnatiladi.
Avatr vakillari birinchi xaridorlarga avtomobil uchun umrbod kafolat berishini e'lon qilishdi. Bu kafolatning tafsilotlari keyinroq ma'lum qilinadi.
Brend Changan, Huawei va CATL kabi yirik kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqariladi. Uning Rossiya bozorida paydo boʻlishi 2024 yil noyabridan boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar