AVTOVAZ yaqinda kelajakdagi avtomobil loyihalarini namoyish etdi. Ular orasida eng qiziqarlisi yangi avlod Lada Niva boʻldi. Biz ushbu modelning anigʻroq tasvirlarini yaratib, uni turli rakurslardan koʻrib chiqdik.
Lada Niva (T-134 zavod indeks) zamonaviy dizaynga ega boʻlib, klassik yoʻltanlamas modelning yangi talqini sifatida taqdim etilmoqda. Ilk tasvirlardan koʻrinishiga koʻra, krossover Dacia Duster’ning soʻnggi avlodi bilan oʻxshashliklarga ega: eshik ochilish joylari, old oyna ustunlari, tom va rels shakli hamda eshik tutqichlari (shu jumladan, orqa eshikdagi yashirin tutqichlar) Duster’ga juda oʻxshash.
Ammo, yangi Niva oʻziga xos dizayn elementlariga ega. Gʻildirak yoʻylari dumaloq shaklda boʻlib, Duster’dagi kvadrat uslubdan farqlanadi. Shuningdek, orqa ustunlar kengroq, orqa eshik ortidagi derezalar esa torroq.
Old va orqa qismlar klassik Niva uslubini eslatadi: old farlari dumaloq, yon tomonlarida esa uch chiziqli yarim dumaloq kun yoritish chiroqlari joylashgan. Orqa qismda esa VAZ-2106 uslubidagi gorizontal chiroqlar oʻrnatilgan boʻlib, bu 2018-yilda namoyish etilgan Lada 4x4 Vision kontseptsiyasini eslatadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar