
AvtoVAZ Lada avtomobillariga 350 000 rublgacha chegirma e'lon qildi. AvtoVAZ 2025-yil fevral oyida Lada avtomobillarini sotib olish uchun maxsus chegirmalar va kredit shartlarini taklif qildi.
28-fevralga qadar Aura, Vesta, Granta, Largus va Niva Travel modellari uchun kamida 50% boshlangʻich toʻlov bilan yillik 0,01% stavkada kredit olish imkoniyati mavjud.
Chegirmalar quyidagicha:
* Lada Aura Premier (bazaviy komplektatsiya) — 2 299 000 rubl (300 000 rubl chegirma bilan).
* Lada Vesta AT 1.6L — 1 275 000 rubl (300 000 rubl chegirma bilan).
* Shuningdek, tijorat avtomobillari va lizing dasturi uchun 350 000 rublgacha chegirma taklif qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar