06:01 / 07.02.2025
27

Janubiy Koreya olimlari elektromobillar uchun akkumulyator sig‘imini 23% oshirish yo‘lini topdi

Janubiy Koreya olimlari elektromobillar uchun akkumulyator sig‘imini 23% oshirish yo‘lini topdi
Janubiy Koreyaning Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti olimlari elektromobillar uchun akkumulyatorlarning samaradorligini oshirishning yangi usulini ishlab chiqishdi. Professor Dongvuk Xan boshchiligidagi jamoa LNMO (litiy-nikel-marganets oksidi) asosidagi katodlarni yaxshilash uchun ikki bosqichli muhandislik yondashuvini ishlab chiqdi.

LNMO katodlari termal barqarorligi va iqtisodiy samaradorligi bilan mashhur, ammo elektrolit parchalanishi kabi nojo‘ya reaksiyalar sababli ularning qo‘llanilishi cheklangan edi. Yangi texnologiya maxsus ion migratsiya yo‘llari va kaliy karbonat bilan himoya qatlami yaratish orqali ushbu muammolarni bartaraf etishga yordam berdi.

Sinov natijalari modifikatsiyalangan katodlarning samaradorligi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi: ular 110 mAsoat/g sig‘imga ega bo‘lib, 100 sikldan keyin 97% sig‘imni saqlab qolgan. Taqqoslash uchun, oddiy LNMO katodlari 89 mAsoat/g sig‘im bilan 91% samaradorlikni saqlab qolgan edi.

Professor Xanning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya faqat LNMO bilan cheklanmay, balki yuqori unumdorlikka ega NMC va LFP akkumulyatorlariga ham tatbiq etilishi mumkin. Bu esa elektromobillar va energiya saqlash tizimlari uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto