![Subaru yangi Forester Wilderness yo‘ltanlamas versiyasini taqdim etdi](/uploads/posts/2025-02/ed6c569ff5_subaru.webp)
Subaru kompaniyasi oltinchi avlod Forester’ning yangi yo‘ltanlamas (Wilderness) versiyasini rasmiy ravishda namoyish qildi. Ushbu model standart krossoverdan nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki texnik xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Yangi Wilderness modelining o‘ziga xosliklari
Tashqi dizayn: kuzovi bo‘yalmagan himoya qoplamalari, o‘ziga xos radiator panjarasi va bamperlar, mustahkamlangan tom qoplamasi va kuchli reylinglar.
Ichki salon: suvga chidamli qoplamalar va misrang aksentlarga ega zamonaviy interyer.
Texnik o‘zgarishlar: mustahkamlangan osma tizimi, yangi prujinalar va amortizatorlar, 236 mm balandlikdagi yer klirensi (standart modelda 221 mm).
Shinalar: Yokohama Geolandar maxsus yo‘ltanlamas shinalari.
Dvigitel: 2.5 litrli, 183 ot kuchiga ega atmosferik boxer motor (241 Nm), variator Lineatronic uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.
Yangi model Subaru’ning X-Mode tizimi bilan moslashtirilgan bo‘lib, unda yo‘ltanlamas harakat rejimlari takomillashtirilgan.
Narxi va chiqish sanasi
Yangi Subaru Forester Wilderness 2025-yilning kuzida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Narxi hali rasman e’lon qilinmagan, lekin avvalgi avlod Wilderness modeli 34 920 dollardan (taxminan 418 million so‘m) boshlangandi. Oddiy Subaru Forester’ning yangi avlod versiyasi esa 29 810 dollardan (taxminan 357 million so‘m) sotuvga chiqariladi.
Rasmiy narxlar sotuv boshlanishi oldidan e’lon qilinishi kutilmoqda.
![](/uploads/posts/2025-02/17c6ba9569_new-subaru-forester-wildnerness-6.webp)
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar