![Restayling qilingan Renault Koleos Argentinada sotuvga chiqdi](/uploads/posts/2025-02/b2a3a144a3_renault.webp)
Renault kompaniyasi Argentinada yangilangan Renault Koleos modeli sotuvini boshladi. Ushbu krossover tez orada boshqa Lotin Amerikasi davlatlarida ham paydo boʻlishi kutilmoqda.
2016-yildan beri ishlab chiqarilayotgan Renault Koleos Evropa bozoridan chiqib ketgan boʻlsa-da, boshqa hududlarda savdosi davom etmoqda. Ushbu model Janubiy Koreyada ishlab chiqariladi va avval Samsung QM6 nomi ostida taqdim etilgan. 2023-yilda Koreyada restayling qilingan model oʻtgan yili Renault brendi ostida rasmiy ravishda yangilandi. Endi esa u Lotin Amerikasiga ham etib keldi – avvaliga Argentina bozorida paydo boʻldi.
Yangilangan Koleos modelida yangi Renault emblemasi, oʻzgargan old bamper va radiator panjarasi mavjud. Shuningdek, 18 dyuymli disklar dizayni ham yangilangan. Salon ichida faqat brend logotipi almashtirilgan.
![](/uploads/posts/2025-02/ab274aceca_new-koleos-9.webp)
Argentina bozorida Renault Koleos 2,5 litr hajmli, 170 ot kuchiga ega benzinli dvigatel, variator va toʻliq uzatmali tizim bilan taqdim etilmoqda. U yagona komplektatsiyada sotilmoqda. Unga quyidagilar kiradi: LED faralar, charm oʻrindiqlar, 8,7 dyuymli ekranli multimedia tizimi, ikki zonali konditsioner, rul isitgichi, orqa kamera, bagajni qoʻlsiz ochish tizimi, olti xavfsizlik yostiqchasi, kruiz nazorati va "koʻr zonalar" monitor tizimi.
Mashinaning narxi 44 250 000 Argentina pesosini tashkil etadi (taxminan 542,6 million soʻm). Krossover keyinchalik boshqa Lotin Amerikasi davlatlarida ham sotuvga chiqishi kutilmoqda.
![](/uploads/posts/2025-02/79d4cc28be_new-koleos-11_jpg.webp)
Bu orada Janubiy Koreyada Renault QM6 bilan birga Geely Monjaro bazasida ishlab chiqarilgan Renault Grand Koleos ham taqdim etilgan. Ammo u hozircha Koreya bozoridan tashqariga chiqmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar