![Chevrolet elektr furgonini taqdim etdi](/uploads/posts/2025-02/662ce08faf_0c979td3b6x3gio8nge2pt33svxc0vx5.webp)
Amerikalik avtomobil ishlab chiqaruvchi Chevrolet Meksika bozoriga BrightDrop 2025 elektr furgonini chiqardi, deb 32cars portali xabar berdi.
Mashina Meksiko, Gvadalaxara va Monterrey shaharlaridagi uchta dilerlik markazi orqali sotiladi. BrightDrop 2025 ikkita konfiguratsiyada taqdim etilgan — 400 va 600.
BrightDrop 2025 400 taxminan 270 km masofani bosib o‘ta oladi va 1,7 ming kg yuk tashishga qodir. 600 versiyasi esa kengaytirilgan harakatlanish zaxirasi bilan ajralib turadi.
Chevrolet BrightDrop 2025’ni biznes uchun mo‘ljallangan ko‘p maqsadli avtomobil sifatida taqdim etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar