
General Motors ushbu oyda Xitoyning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Shenyang shahridagi zavodini yopmoqda, deb Reuters xabar berdi. Bu kompaniyaning Xitoy bozoridagi qayta tuzilishining bir qismi hisoblanadi.
Mazkur zavod Xitoy bozori uchun Buick GL8 minivenlari va Chevrolet Tracker krossoverlarini ishlab chiqarar edi. Zavod yopilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan manba o‘z ismini oshkor qilmagan.
GM o‘z biznesini qayta tashkil qilmoqda, chunki Xitoy bozorida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar yetakchilik qilmoqda. Detroit kompaniyasi o‘tgan chorakda Xitoydagi qayta tuzilish bilan bog‘liq xarajatlarni 4 milliard dollar deb baholadi.
O‘tgan hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan avtomobil konferensiyasida GM bosh direktori Meri Barra kompaniyaning Xitoydagi kelajagi Cadillac, Buick va premium-import avtomobillari bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi.
“Bu avtomobillar muayyan xitoylik xaridorlar orasida talabgir bo‘lib, biz ularni import qilib, muvaffaqiyatli biznes yuritishimiz mumkin”, — dedi Barra.
GM Xitoyda SAIC Motors bilan hamkorlikda Buick, Chevrolet va Cadillac avtomobillarini ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar