08:21 / 21.02.2025
269

Yangilangan Geely Atlas 2025 taqdim etildi

Yangilangan Geely Atlas 2025 taqdim etildi
Xitoyda yangilangan Geely Atlas 2025 krossoveri namoyish etildi. Avtomobil yangi dizayn va kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘ldi, deb IXBT portali xabar berdi.

Yangilangan krossoverning balandligi 1,7 metrni tashkil qiladi. Uzunligi 4,7 metrga, kengligi esa 1,9 metrga yetdi.

Mashina yangi to‘g‘ri burchakli old chiroqlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, radiator panjarasi va old bamper shakli va dizayni o‘zgardi.

Xaridorlarga ikkita versiya taklif etiladi – 1,5 litr hajmli 181 ot kuchiga ega turbomotor yoki 2 litrli motor. Har ikkala model ham oldi g‘ildirak uzatmali.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto