
Nomi ulug‘ Rolls-Royce Apparition avtomobilining haydovchisi yomg‘iru shamolga qaramasdan tashqarida, yo‘lovchilar esa ichkarida qamalib o‘tiradi. Qamalib, deya bejizga ta’kidlamadik, chunki ular torgina yon oyna orqali tashqarini ko‘ra oladi xolos.

Albatta, bu “Rolls-Roys”ning rasmiy konsepti emas. Bu nishona nusxani 2005 yilda Los-Anjelesdagi san’at kolleji talabasi loyihalashtirgan.

Natijada, ko‘rkam va o‘ziga xos, ammo tamoman behuda mashina vujudga keldi. Barcha konseptlarning tuzilishida biror-bir mantiqiy asos bor. Bu mashinaning g‘alati qiyofasi esa aqlga sig‘maydi. Boshdan-oyoq noqulaylikdan iborat. Haydovchi shamol va sovuqdan himoyalanmagan, yo‘lovchi hech narsani ko‘rolmaydi. Kamiga u 7 metrdan ham uzunroq. Yo‘lovchi va haydovchini bog‘lovchi aloqa kanali yoki darcha yo‘q. Bordiyu, harakatlanish vaqtida yo‘lovchi haydovchiga nimadir demoqchi bo‘lsa, devorni taqillatadi :) Yo‘lovchilar mashina ichida yuzma-yuz holatda, xuddi muzokara stolida o‘tirgandek joylashadi.

Talabaning konseptiga ko‘plab avtomobil nashrlari e’tibor qaratgan, ammo hech biri ma’qullamagan. Biz ham e’tibor qaratdik xolos.