
2025 yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga qiymati 31 mln dollarlik 1796 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasining oylik hisobotida keltirilgan.

Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning mos davrida 221,4 mln dollarlik 10 ming 152 dona yengil avtomobillar importi amalga oshirilgan. Oʻtgan bir yil davomida avtomobil importi qiymat jihatdan 7 barobardan koʻproqqa, miqdor jihatdan esa 5,6 barobarga qisqargan.
Eng katta kamayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 31 barobar. Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqarish esa mos ravishda 6,7 barobar va 2,5 barobar boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 1 noyabrdan boshlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan oʻtkazish boshlangandi. Shuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan mashinalar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi ham joriy qilindi. Avtopoligonning mavjud quvvati real talabdan bir necha barobarga kamligi import hajmining keskin qisqarishiga ta'sir qilayotgan boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar