
2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda 5,7 ming dona Chevrolet Cobalt ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 68% ko‘p. Damas ishlab chiqarish esa 28,5% kamayib, 2,8 ming donani tashkil etdi.
KIA, Chevrolet Onix va Tracker modellarining ishlab chiqarish hajmi ham sezilarli bo‘ldi. Haval avtomobillari ishlab chiqarish 6 baravar ko‘payib, 373 donaga yetdi, shuningdek, 802 dona BYD avtomobili yig‘ildi.
Umuman olganda, yengil avtomobillar ishlab chiqarish 4,4% kamayib, 15 ming donani tashkil etdi. Maxsus avtomobillar ishlab chiqarish 32,4% ga, yuk mashinalari ishlab chiqarish esa 29,3% ga kamaydi. Yanvar oyida faqat 152 ta yuk mashinasi va 17 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 32% kam. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar