04:03 / 06.03.2025
140

Volvo ES90 – yangi elektr flagman taqdim etildi

Volvo ES90 – yangi elektr flagman taqdim etildi
Volvo ES90 kompaniyaning eng katta yengil avtomobili bo‘ldi va yonilg‘i bilan harakatlanuvchi S90 modelidan ham yirikroq. Avval sedan deb taqdim etilgan avtomobil aslida liftbek shaklida ishlab chiqarildi.

O‘lchamlari: uzunligi – 5000 mm, eni – 1942 mm, balandligi – 1546 mm, g‘ildiraklar bazasi – 3102 mm. Saloni minimalistik dizaynga ega, 14,5 dyuymli mediaekran, Snapdragon Cockpit Platform, Google xizmatlari va 3D kamera bilan jihozlangan. Orqa o‘rindiqlar yotqizilganda yukxona hajmi 733 litrga yetadi.

Texnik jihatlar:


- Bitta motorli: 333 ot kuchi, 650 km yurish masofasi.
- Ikki motorli: 449 ot kuchi, 700 km yurish masofasi.
- Performance versiyasi: 680 ot kuchi, 4,0 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi.

Liftbek 800V elektrosistemaga ega, 350 kVt tez zaryad oladi (10-80% – 20 daqiqa). Volvo ES90 hozirda Yevropada buyurtma uchun ochiq, narxi 83 700 yevrodan boshlanadi. Ishlab chiqarish Xitoyda yo‘lga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto