01:06 / 10.03.2025
18

Lifan Myway krossoverining 5 kamchiligi aniqlandi

Lifan Myway krossoverining 5 kamchiligi aniqlandi
Avtoekspert Sergey Zinovyev Lifan Myway krossoverining beshta asosiy kamchiligini sanab o‘tdi. Ushbu model 2020 yilgacha ishlab chiqarilgan bo‘lib, Rossiyada faqat ikki yil sotilgan.

Zinovyevning ta’kidlashicha, avtomobilning oldi va orqa osmalari qattiq, biroq mustahkam. Biroq, zavodda o‘rnatilgan orqa amortizatorlarda nosozliklar aniqlangan va ba’zi mashinalarda kafolat asosida almashtirilgan. 30 ming km yurishdan keyin esa rul mexanizmi buzilish hollari ko‘p kuzatilgan.

Bundan tashqari, pechka samarali ishlamaydi, chunki termostat Rossiya iqlimiga moslanmagan. Natijada, qish oylarida avtomobil juda sekin isiydi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, qo‘l tormozi trubkasi uch yilda chirib ketadi.

Shuningdek, shinalardagi bosim nazorati tizimi ham ishonchsiz – ba’zan sababsiz xavf signallarini beradi yoki umuman bosimni qayd qilmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto