
Volkswagen kompaniyasi Polo modeli asosida ishlab chiqilgan yangi byudjetli krossover – Volkswagen Tera’ni ishlab chiqara boshladi, deb Auto.Mail.ru xabar berdi. Ushbu model rivojlanayotgan bozorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, Renault Sandero Stepway formatidagi yo‘ltanlamas hisoblanadi.
Volkswagen Tera xususiyatlari:
Yo‘ltanlamas kuzov, oldga tortish va yarim mustaqil orqa suspenziya
1,0 litrlik turbomotor (116 ot kuchiga ega)
6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi
Bazaviy versiyasi – 100 000 real (17,2 ming dollar)
Eng qimmat versiyasi – 140 000 real (24 ming dollar)
Volkswagen Tera Braziliyaning Taubate zavodida ishlab chiqarilmoqda. Birinchi modellari bu yilning bahorida sotuvga chiqariladi, yil oxiriga qadar Argentina, Chili, Kolumbiya va Urugvayda ham taqdim etilishi kutilmoqda. Keyinchalik u Meksika va Afrika bozorlariga ham chiqishi mumkin.
Volkswagen Tera’ning eng arzon komplektatsiyalari haqida hali ma’lumot yo‘q, ammo u oddiy mexanika va atmosferik motorli versiyada ham chiqarilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar